- Получить ссылку
- X
- Электронная почта
- Другие приложения
Сообщения
Maqolalar
Qizil sayyora jumboqlari
- Получить ссылку
- X
- Электронная почта
- Другие приложения
Evropa kosmik agentligi Marsning Prometey deb atalayotgan hududidan Mars Express apparati orqali tushirilgan suratlarni e’lon qildi. Suratlarda qachonlardir to‘lib oqqan daryoning qurigan o‘zani yaqqol aks etib turibdi. Caqlanib qolgan o‘zanning eni 7 kilometr, chuqurligi 300 metr va uzunligi 1500 kilometrni tashkil etadi. Daryo o‘rnida oqim izi va cho‘kindi qatlamlar ham mavjud. Xo‘sh, bu daryo qachon va qancha muddat oqqan? Hozircha bu savollarga aniq javob yo‘q. Ikki milliard yil muqaddam Marsda issiq harorat, nam iqlim va zich atmosfera bo‘lgan. O‘shanda tog‘lardan tekislik tomon obihayot oqqan bo‘lishi mumkin. Biroq Reull Vallis deb atalayotgan bu o‘zan umuman daryo o‘rni bo‘lmasligi ham ehtimoldan xoli emas. Ya’ni, sayyoradagi baland tog‘lar ustiga yirik meteorit urilib, muz qatlamlarini eritib yuborgach, qisqa muddatli kuchli oqim paydo bo‘lgan, Shunday uzun va chuqur o‘zan hocil qilgandir, ehtimol. Cuv muz qatlamning tagidan oqqan bo‘lishi ham mumkin, deb taxmin qilinmoqd...
Nyu-York xalq kutubxonasi: asrning eng shov-shuvli kitoblari
- Получить ссылку
- X
- Электронная почта
- Другие приложения
Dunyodagi eng katta nodavlat kutubxona – 55 million kitobni o‘zida jamlagan Nyu-York xalq kutubxonasi 1995-1996 yillarda o‘zining 100 yilligi munosabati bilan asrning eng yaxshi kitoblari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Ro‘yxat yuz yillik mavzularini qamrab olgan «Zamonaviy adabiyot durdonalari», «Tabiat saltanati», «Qarshilik va taraqqiyot», «Mustamlakachilik va uning oqibatlari», «Tafakkur va ruhiyat», «Ommaviy vaqtichog‘lik va madaniyat», «Ayollar harakati», «Iqtisodiyot va texnologiya», «Utopiya va antiutopiya», «Urush, holokost, totalitarizm», «Nekbinlik, shodlik, ezgulik», «Bolalar va yoshlar uchun sevimli kitoblar» turkumlariga bo‘lingan. Nyu-York xalq kutubxonasi ro‘yxatining boshqa turdosh reytinglardan farqli jihati bor. Bu ro‘yxatga faqat badiiy asarlar emas, tarix, tabiiy fanlar, falsafa, san’at, psixologiya, iqtisodiyot, texnikaga oid mashhur kitoblar ham kiritilgan. Mazkur kutubxonaning Gumanitar tadqiqotlar markazi olimlari tuzgan ushbu ro‘yxatdagi ayrim kitobl...